Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog

Maktabning ichki tartib qoidalariga koʻra ota-onalar quyidagi talablarga rioya qilishlari kerak

📌Xalq taʼlimi vazirining 2022 yil 28 iyuldagi 246-son buyrugʻiga koʻra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan.   

✅taʼlim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;

✅oʻqituvchi shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

✅farzandini dars jarayonida taʼlim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

✅farzandini darslarga toʻliq qatnashishini (davomat) hamda fanlar boʻyicha ish daftarlari va taʼlim olishi uchun zarur boʻlgan

boshqa barcha jihozlar bilan taʼminlash;

✅farzandini muassasaga darslik, oʻquv qurollari bilan kelishini taʼminlash;

✅farzandining taʼlim olishiga toʻsqinlik qilmaslik, uning taʼlim muassasasiga oʻz vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish;

✅sinf rahbari va fan oʻqituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada boʻlish;

✅farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin boʻlgan paytlarda taʼlim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda maʼlum qiladi;

✅taʼlim muassasasining taklifiga asosan muassasada oʻtkaziladigan ota-onalar yigʻilishi, suhbat va turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili