Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, o‘qituvchilarni yagona kuchga aylantirish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida kuzgi ta’til davrida o‘qituvchilar ishtirokida o‘quvlar va uchrashuvlar tashkil etilishi reja qilingan.Bugun viloyatdagi shahar va tumanlaridan tanlab olingan umumta’lim maktablarida “Ustoz ta’lim bunyodkori” shiori ostida o‘qituvchilar qurultoyi o‘tkazildi.Mazkur quriltoyda boshlang‘ich ta’lim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyot fanlaridan pedagoglarga trenerlar tomonidan seminar-trening va davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.Yangibozor tumanidagi 6-sonli maktabda tashkil qilingan tadbirda Singapur milliy universiteti professori, viloyat hokimining ta'lim masalalari bo'yicha maslahatchisi Benson Lek Hong Khim ishtirok qilib, o‘qituvchilarga master klass o‘tkazdi.Seminar-trening davomida pedagoglar o‘quvchilarni fanlarga qiziqtirish yo‘llari, loyihaga asoslangan ta’limning mohiyati, o‘qish savodxonligi va fanlar doirasida 4K modelini qo‘llash, XXI asrda sifatli o‘qitishning asosiy tamoyillari yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida bo‘lib o‘tgan madaniy tadbir pedagoglarga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili