Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabidagi sharoitlar bilan tanishdi.
32-maktab joriy yilda kapital ta’mirlandi. U 782 o‘quvchiga mo‘ljallangan. 22 ta sinfxona, sport zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Kutubxonada 1 ming 500 dan ziyod badiiy adabiyotlar jamlangan.

Prezident yozgi to‘garakka kelgan bolalar bilan suhbatlashdi.

– Biz oliy ta’limda qamrovni kengaytirib boryapmiz. Lekin hamma ham universitetda o‘qishni tanlamaydi. Shuning uchun farzandlarimizga maktabdayoq chet tillari va hunarlar o‘rgatishni maqsad qilganmiz. Kimning kichkina bo‘lsayam qo‘lida kasbi bo‘lsa, kuni o‘tadi. Keyin yana o‘z ustida ishlab, mahoratini oshirishi ham mumkin. Maqsadimiz - har bir yoshga munosib sharoit yaratish, - dedi  davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda o‘qituvchilar va mehnat faxriylari bilan muloqot qildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Maktab manzili