Hayotimiz guli , oftobi - ayol.
8-mart bayram ertaligi
Zal bayramona bezatilgan. Sahna uzra onalar madhini tarannum etuvchi yoqimli kuy tarladi. Sahnaga boshlovchi kirib keladi.
Jannat onalarning poyida emish
Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham
Munis onajonlar sochlari kumush
Topar duosidan ming dardlar malham.
Assalomu alaykum dilbar va latofatli ayollar , muhtarama onajonlar. Aziz ustozlar, qadrli opa-singillar. Bir-biridan lobar maktabimiz qizlari. Muhtarama onajonlar . Ustozlar . Opa-singillar va lobar qizlar. Barchalaringizni go’zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Toleingiz hamisha baland , umringiz uzoq , xonadoningiz tinch oilangiz totuv, risqué nasibangiz ziyoda bo’lsin.
Xozir bayram dasturini ochib berish uchun so’zni maktabimizning Manaviy Marifiy Ishlar Bo’yicha direktor o’rinbosari Sabirova Dano ustozimizga beramiz. Bizning maktabimizda ta’lim-tarbiya olayotgan o’quvchi qizlarimiz xam kelajakda ana shunday faol bo’lish uchun xozirdanoq o’zlarining bilimdonliklari, chaqqonliklari, tirishqoqliglari bilan intilmoqalar.
Bugun biz ularning bir qirrasini ko’rsatish maqsatida faol qizlarimiz ishtirokida ,,BALLI QIZLAR’’ ko’rik tanlovini tashkil qildik .
Marhamat ishtirokchilar bilan tanishing.
1 – raqamli ishtirokchi qizimiz Ataboyeva Barnoxon .
2 – raqamli ishtirokchi qizimiz G’ulomova Gulinur
3 – raqamli ishtirokchimiz Jumanazarova E’zoza
4 – raqamli ishtrokchimiz Jamoladdinova Nozima
5 – raqamli ishtirokchimiz Ziynatova Gulasal
6 – raqamli ishtirokchimiz Ro’zmamatova Madinabonu
Mana ishtirokchi qizlarimiz bilan ham tanishib oldik. Qizlarimiz o’z joyilarini egalashlari mumkin.
Xozir men sizlarga qizlarimizni ishtirokini baholab berish uchun hakamlar hayati bilan tanishtiraman:
Hakamlar hayati rayisi:
A‘zolari : 1. Ismailova Zamira
2. Quranbayeva Go’zal
3. Alimova Sayyora
Marhamat hakamlar hayati va a’zolari o’z joylaringizni egallashlaringizni so’raymiz.
1 – chi shart “Keling tanishaylik” deb nomlanadi.
Boshlovchi: Bu shartimizga qizlar o’zlarini tanishtiradilar, yani o’zi, oyilasi haqida so’zlab berishlari kerak.
Boshlovchi:1 – chi shartimiz bo’yicha qizlarimizni bilimdonliklarini baholagunga qadar 1-,,A’’ sinf o’quvchilari ishtirokidagi raqsga bersak.
Boshlovchi: 1 – chi shartimiz bo’yicha qizlarimizning olgan baholari.
2 – chi shart “Savol-javob” sharti
Bu shartimizga qizlarimiz berilgan 5 tadan savollarga to’g’ri va aniq javob berishlari kerak bo’ladi.
Boshlovchi: Hakamlarimiz 2-shart bo’yicha qizlarimizni bilimdonliklarini baholagunga qadar navbatni 1-,,B’’ sinf o’quvchilariga beramiz.
1-variant
Vulqondan otilib chiquvchi suyuqlik? Lava
Uchburchakning turlarini ayting? 3 ta: teng yonli, teng tomonli, turli tomonli
Yil fasllarini ketma-ketlikda sanab bering? Bahor,Yoz,Kuz,Qish
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? 1992-yil 8-dekabr
Maqolni davom ettiring:
Ish ishtaha ochar…… Dangasa ishdan qochar
2-variant
Fevral oyida tug’ilgan allomalarimiz kimlar? Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur
Qazishning necha turi bor? 2 ta: Ochiq, Yopiq
Be- qo’shimchasi yordamida so’z yasab bering? Beaql, befarosat, beor…
Ona haqida 4 qator she’r
Topishmoqni toping.
Ikki yuzi to’rt qulog’i bor? Yostiq
3-variant
Osmon jismlarini kuzatuvchi asbob? Teleskop
Mart oyidagi bayramlarni sanab bering? 8-mart, 21-mart
Birinchi yaratilgan kompyuterning kattaligi bir sinf xonani kattaligicha
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i qachon qabul qilingan?1991-yil 18-noyabr
Vatan haqida 4 qator she’r
4-variant
Navro’z urf-odatlarini aytib bering
Najmiddin Kubro kim bo’lgan?
So’z turkumlarini aytib bering? Ot, Sifat, Son,Fe’l
Maqolni davom ettiring
Mehnat qilgan……..Elda aziz.
Mototsikl 300 km masofani 60km /soat tezlik bilan bosib o’tgan bo’lsa qancha vaqt sarfladi? 300:60=5
5-variant
,,So’z mulkining sultoni’’ deya qaysi bobokalonimizga ta’rif berilgan? Alisher Navoiy
Maqolni davom ettiring
Ariqni suv bezar……Odamni - so’z
O’zbek tilida nechta kelishik bor? 6 ta
Osmon so’ziga manodosh so’zlarni ayting? Falak, fazo,ko’k…
Mashina 50km/soat bilan 4 soat harakatlansa qancha masofani bosib o’tadi? 50*4=200
6- variant
To’maris kim bo’gan?
Qaysi so’z turkumi qanday? qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi? Sifat
Maqolni davom ettiring
Mehnat qilib topganing……Qand-u, asal totganing
Yuz so’ziga manodosh so’zlarni ayting? Oraz, bet, bashara…
25metr masofani quyon 5 soatda bosib o’tsa qanday tezlik bilan harakatlangan? 25:5=5
Boshlovchi: 2- chi shart bo’yicha qizlarimizni olgan baholari.
3- chi shart ,,Loviya va moshni bir-biridan ajratish’’.
Marxamat ishga kirishshingiz mumkin vaqt keti. Endi qizlarimiz shartlarini bajargunga qadar bayram dasturimizni 1-,,D’’ sinfi davom ettiradi.
Boshlovchi: 3- shart bo’yicha qizlarimizning olgan baholarini hakamlar hayatidan so’raymiz.
Boshlo’vchi: Hurmatli mehmonlar, aziz bolajonlar endi men sizlarga mamnuniyat bilan 4-chi shartimizni e’lon qilaman.
4-chi shart “Tabriknoma yasash”
4- chi shartimiz bo’lgunga qadar bayram dasturimizni davom ettiramiz. Navbatni 2-,,A’’ sinfiga beramiz.
Boshlovchi: Sizgadir yurakda asragan so’zim
Hizmat-u, ta’zimda turaman o’zim
Dilimning tubida yangragan so’zim
Ezgulik yo’lida tolmang ustozim!
Boshlovchi: Hayat a’zolaridan so’raymiz 4- chi shart bo’yicha olgan baholari.
Boshlovchi: Navbatni 2-,,B’’ sinfiga beramiz marhamat.
Boshlovchi: Navbatni 2-,,D’’ sinfiga beramiz marhamat.
Boshlovchi: Mana bugungi dasturimiz qiziganidan qizib ko’ngildagidek o’tib bormoqda.
5- chi shartimiz “Erkin mavzu”
Bu shart orqali har bir ishtirokchi qizlarimiz o’z qiziqishiga oyid aytib ko’rsatib yoki ijroetib berishlari kerak bo’ladi.
Boshlovchi: Hakamlar hayatidan 5-chi shart va umumiy baholarni e’lon qilishini so’raymiz.
Hakamlar: Hakamlar hayatining qaroriga asosan:
“Eng mahoratli qiz”
“Eng ijodkor qiz”
“Eng chaqqon qiz”
“Eng zukko qiz”
“Eng ibratli qiz” .
“Eng iste’dodli qiz” nominatsiyalari berildi
Boshlovchi: Biz bugungi “BALLI QIZLAR’’ tanlovini o’tkazishimizdan maqsad o’quvchi qizlarimizni erkin fikrlashlarini, go’zallikni xis qilishlarini, mexnatga munosabatlarini, o’zlarini erkin tuta olishlarini, so’zlashish muomila odobini o’rgatish va ularni rag’batlantirishdan iboratdir.