Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog

Maktabni bitirish imtihonlarida oliy taʼlim muassasasiga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi
Bugun, 28-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab taʼlimini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi
Taqdimotda oʻquvchilar bilimini baholashning shaffof va xolis tizimini joriy qilish masalasi ham koʻrib chiqildi.
Hozirda bilimning bahosi turli maktablarda turlicha. Imtihon varaqalaridagi savollar darajasi ham har xil. Xalqaro testologiya talablariga koʻra, hamma variantlardagi savollarning qiyinlik darajasi teng boʻlishi kerak.
Shu bois davlat yakuniy attestatsiyasida, yaʼni maktabni bitirish imtihonlarida oʻquvchilarning bilimini yagona nazorat materiallari asosida baholash taklif etilmoqda. Imtihon topshiriqlari yozma va amaliy shaklga oʻtkaziladi, javoblarni maxsus platforma orqali tekshirish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi, savollar doimiy ravishda yangilanib boriladi.
Yana bir muhim yangilik – maktabni bitirish imtihonlarida oliy taʼlim muassasasiga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili