Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy

blog


Yurtimizda pedagog kadrlar malakasini oshirish, baholash, ta’limda zamonaviy boshqaruv va inklyuziv ta’lim kabi yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari “O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim tizimini rivojlantirish (FIESDU)” loyihasi doirasida mazkur davlat tajribasini o‘rganmoqda. 
🔴 Ayni vaqtda Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Vazirlik mutaxassislari bir hafta davomida ushbu mamlakat ta’lim tizimi, ta’lim tashkilotlarida boshqaruv, baholash, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va inklyuziv ta’lim kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi.
Dastavval delegatsiya a'zolari Agentlikda bo‘lib, loyiha maqsadi va hamkorlik rejalari, strategiyasini muhokama qilishdi.
 Bugun kun davomida delegatsiya a’zolari Xelsinki shahrida joylashgan "YUNISEF Ta’limda innovatsiyalar markazi" (UNICEF Learning Innovation Hub) ga tashrif buyurib, raqamli ta’lim texnologiyalarning O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida fikr almashishdi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Sarapoyon qishlog‘i Paxtagul mahallasi Navro’z ko‘cha 170-uy
  • +998 (99) 211-47-41
  • xonqamaktab5@gmail.com
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili